Xitoyning China Mobile kompaniyasi dunyoning yirik korporatsiyalari bilan birga Pekinda 5-avlod tajribaviy tarmoğini sinovdan ötkazmoqda.

Pekinda 5G-tarmoğini yaratiş bilan Nokia, Huawei, Ericsson, ZTE, Intel va DTT kompaniyalari şuğullanmoqda. Bu kompaniyalar va China Mobile MWC 2017 körgazmasida mobil aloqaning yagona jahon standartini yaratiş va 5-avloddagi tarmoqlar uçun uskunalar işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalari bilan bölişişgandi.

Xitoy mobil aloqa operatori vakili Van Syuyan tarmoqning birinçi bosqiçini quriş va sinovdan ötkaziş muvaffaqiyatli yakunlanganini ma'lum qilgan. 5G-tarmoq Pekinning Xuayjou tumanida sinov rejimida işga tuşirilgan. China Mobile 5-avlod tarmoği bilan qoplanişni yaratişning texnik imkoniyatlariga işonç hosil qildi. Hozirça, qanday natijalarga erişilgani noma'lum. 

Xitoy 5G texnologiyasini rivojlantiriş ustida jadal iş olib bormoqda.  "Xitoyda qilingan-2025" davlat dasturi doirasida yangi mobil tarmoqni 2020 yilgaça ommaviy foydalanişga joriy qiliş rejalaştirilmoqda.