Somalida qurğoqçilik sababli oxirgi 48 soat içida kamida 110 kişi oçlikdan vafot etdi, deb ma'lum qildi mamlakat boş vaziri Hasan Ali Xayre.

"Assoşieyted Press" axborot agentligining ma'lum qilişiça, mamlakat hukumati 28 fevralda milliy falokat e'lon qilgandan keyin ölganlar haqida birinça marta xabar bergan. Boş vazir mamlakatning janubidagi Bay viloyati böyiçagina ma'lumotlarni keltirgan.

BMTning baholaşiça, Somalining 5 mln ga yaqin fuqarosi avj olayotgan oçlik sababli yordamga muhtoj.