Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ta'lim muassasalarida taşkil qilinayotgan bitiruvçilar yarmarkasining navbatdagisi 3 mart kuni Toşkent davlat şarqşunoslik institutida ötkazildi.
Unda vazirliklar, qömitalar, agentliklar, «Kamolot» YoIH, banklar, Özbekistonda faoliyat körsatuvçi qöşma korxonalar, Milliy xavfsizlik instituti hamda 60dan ortiq boşqa taşkilotlarning vakillari joriy yilda oliy öquv yurtini tamomlaşi közda tutilgan 551 nafar talaba bilan özaro muloqot olib boriş imkoniyatiga ega bölişdi.
Bitiruvçilar öz mutaxassisligi va qiziqişi böyiça iş beruvçilar bilan şartnomalar imzolaşdan taşqari, bevosita mutaxassislikka yönaltirilgan interfaol tanlov, yakkama-yakka suhbat jarayonlarida qatnaşiş, iş beruvçi korxonalardagi vakant örinlar, mehnat va maişiy-madaniy şart-şaroitlar, iş haqi miqdori bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi.
Ta'kidlaş lozimki, bugungi kunda institutdagi 14ta şarq va 4 ta ğarb tillari böyiça bakalavr ta'lim yönalişida 1884 nafar va magistratura mutaxassisligida 202 nafar talaba tahsil oladi. Bu yili bakalavriatni 434 nafar va magistraturani 117 nafar talaba bitirib çiqadi.
Ötkazilgan mazkur yarmarkada 200 nafardan ortiq talaba iş bilan ta'minlanişiga erişildi.














