Internetda Janubiy Dakotadagi hindular qabilasi rahbarlarining general Maylz va uning armiyasi bilan töqnaşuvdan avval tuşgan surati bir kun davomida 60 ming layk hamda deyarli 5 ming izohni yiğdi. Surat 1880 yilda olingan – bir neça oydan söng unda tasvirlangan ba'zilar hayotdan köz yumadi. Fotoşop ustasi bu fotosuratga “yangi hayot” baxş etdi hamda unga ranglarni qaytardi.

Frozenburger taxallusi ostidagi foydalanuvçining tuşuntirişiça, suratga u zamonaviy köriniş kasb etişi va kişilar uni yanada teranroq anglaşi uçun ranglar qöşgan. Frozenburger suratda tasvirlangan hindularning ismlarini ham keltirgan: Ötirgan Buqa, Qarayotgan Ayiq, Katta Oq Otga ega, Oq Dum, Ayiq Jigari, Toğlardagi Momaqaldiroq, Vovullayotgan It, Parvoz Qilayotgan Qirğiy, Çöloq, Burgut Huştagi. Rahbarlar general Nelson Maylz bilan töqnaşuvdan biroz avval uçraşişgan. Hindular rahbarlarining uçraşuvi surati 1880 yilda olingan. Oradan unça köp vaqt ötmaydi va unda tasvirlangan ba'zi kişilar boşqa şaroitlarda uçraşadi. Asl surat:

Bu esa Ayiq Mundiri deya atalgan general Maylzning özi. 1880 yilda aynan uning qömondonligida Vunded-Ni irmoğida qonli jang bölib ötgan. Bu Dakota hindulari örtasidagi sönggi töqnaşuv va Hindular uruşidagi eng oxirgi janglardan biri böldi.

Pastdagi suratda esa – 1880 yilda Vunded-Ni irmoğidagi jang paytida asir olingan hindular qabilalari rahbarlari. Öngda – Parvoz Qilayotgan Qirğiy.

Suratda aks etgan yana bir rahbar – Ötirgan Buqa jang vaqtga qadar olamdan köz yumib bölgandi. 1876 yilda u AQŞ Amerika polklaridan birini tor-mor keltirgan. Jangdan ikki hafta avval 40 nafar politsiyaçi-hindu uni hibsga olişga harakat qildi. Rahbar çekinişni istamadi, hamda natijada röy bergan otişma oqibatida özi, sakkiz nafar tarafdori va olti politsiyaçi halok böldi.