Venesuelada pemon elatiga mansub hindular milliy gvardiya generali Xose Migel Montoyyani Braziliya bilan çegara yaqinida asirga olişdi. Bu haqda mamlakat parlamenti deputati Ameriko de Grasiya tvitterda ma'lum qildi.  

22 fevralda armiyaning Bolivar ştatidagi hindularga qarşi harakatlari oqibatida 2 kişi halok böldi, 22 kişi yaralandi. Nacional portali ma'lumotlariga köra, harbiylar San-Fransisko-de-Yuruani posyolkasiga kelib, köçada töplangan mahalliy aholiga öq uzişgan. Bunga javoban hindular uç askarni asirga olişgan. 

“Kumarakapayda pemon elatining yana bir vakili halok böldi. 3 kişi oğir yaralangan. Mahalliy aholi hujumga qömondonlik qilgan, general Xose Migel Montoyyani asirda uşlab turibdi”, deb aytgan de Grasiya.

Voqea yuz bergan posyolok Braziliya bilan çegarada joylaşgan. Bu yer prezident Nikolas Maduroning buyruğiga köra gumanitar yordam yetkazilmasligi uçun yopib qöyilgan. Maduro hukumati gumanitar yordamning mamlakatga kiritilişiga qat'iy qarşi çiqmoqda, muxolifat esa minglab odamlarni oçarçilikdan qutqariş uçun uning kiritilişini talab qilmoqda.