Janubiy Sudanda gumanitar vaziyat keskin yomonlaşmoqda, BMTga bu davlatning millionlab aholisini oçarçilikdan qutqariş uçun 1,6 mlrd dollar zarur. Bu haqda BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Stiven ÖBrayyen Janubiy Sudan poytaxti Jubada ötgan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.   

BMTning baholaşiça, Afrikaning uşbu davlatida hozirda 100 ming kişi oçarçilikdan aziyat çekmoqda. Biroq iyul oyigaça oziq-ovqat yetişmasligidan aziyat çekuvçilar soni 5,5 mln kişigaça yetişi mumkin. "Bu paytga kelib hosilsizlik davri endigina boşlanayotgan böladi, afsuski, vaziyat keyingi oylarda juda yomonlaşişi mumkin", deb ogohlantirgan ÖBrayyen. "Bizda reja bor, biz vaziyatga munosabat bildirmoqdamiz va köproq sa'y-harakatlarni amalga oşirişga tayyormiz. Biroq bizga köproq hayotlarni saqlab qolişga imkon beruvçi vositalar kerak", deb ta'kidlab ötgan ÖBrayyen.

BMT va uning hamkorlarining aholiga yordam berişga qaratilgan sa'y-harakatlari "töqnaşuvlar, zarur joyga borişning iloji yöqligi va qoğozbozlik" sababli qiyinlaşmoqda. Gumanitar yordam saqlanadigan omborlar köpinça talab ketiladi. "Bizga jangovar harakatlar tugatilişi juda zarur. Bizga vaziyat tinçlanişi kerak, şunda biz muhtoj odamlarga doimiy asosda yordam bera olamiz", deb qöşimça qilgan ÖBrayyen.