Ğazo şahri va uning atrofidagi hududlarda rasmiy ravişda oçarçilik boşlangani aniqlandi va bu holat kengayib borişi kutilmoqda. Bu xulosani (pdf) 22 avgust kuni BMT bilan hamkorlikda işlovçi Oziq-ovqat xavfsizligi bosqiçlarini integrallaşgan tasnifi (Integrated Food Security Phase Classification) IPC taşkiloti e’lon qildi. Mazkur baho sektorga köproq yordam kirişiga ruxsat beriş uçun Isroilga bosimini kuçaytirişi kutilmoqda.

IPC ma’lumotiga köra, 514 ming kişi, ya’ni Ğazodagi falastinliklarning çorak qismi oçarçilikdan aziyat çekmoqda. Bu körsatkiç sentabr oxiriga borib 641 ming nafarga yetişi kutilmoqda.

Ularning 280 ming nafari Ğazo şahri hududini qamrab oluvçi şimoliy qismda joylaşgan. IPC uşbu hududni Isroil bilan Hamasning qariyb ikki yillik uruşi ortidan «oçarçilik holatida» deb tasnifladi.

IPC standartiga köra, Ğazo şahri «asosli dalillar bilan oçarçilikning 5-darajasida» turibdi / Foto: IPC xaritasi

Reuters naşrining yozişiça, bu IPC tomonidan Afrikadan taşqarida ilk bor oçarçilik qayd etilişi böldi. Taşkilot oçarçilik şaroitlari kelgusi oy oxiriga borib markaziy va janubiy hududlardagi Deyr al-Balah hamda Xon-Yunusga ham tarqalişini prognoz qilmoqda. Şuningdek, IPC şimoliy hududlarda vaziyat Ğazo şahridagidan ham oğirroq bölişi mumkinligini aytdi, biroq yetarli ma’lumot yöqligi tufayli aniq tasnif bera olmadi.

IPC juma kuni e’lon qilingan tahlilida faqat Ğazo, Deyr al-Balah va Xon Yunus hududlarini qamrab olganini ma’lum qildi. Janubiy Rafah esa deyarli aholi yaşamagani bois hisobga olinmadi.

Isroil bu hisobotni tarafkaş deb rad etdi. Isroil Taşqi işlar vazirligi IPC tadqiqoti asosan Hamas taqdim etgan qisman ma’lumotlarga asoslanganini, yaqin orada kiritilgan oziq-ovqat yuklari hisobga olinmaganini aytmoqda.