Dunyodagi eng qimmatbaho uy Mumbay (Hindiston) şahrida joylaşgan. "Layf" uşbu uy haqidagi ma'lumotlar va uning video hamda suratlari bilan bölişdi.

Inşoot balandligi - 173 metr. Osmonöpar binoni bemalol 60 qavatli qilsa bölardi, biroq me'morlar buning örniga "baland şiftlar"ni afzal körişdi. Maydoni - 37 ming kvadrat metr. 

Inşoot qurilişi 2010 yilda tugallangan. Turli baholarga köra, u buyurtmaçiga 2 milliard dollar atrofidagi summaga tuşgan. Umuman olganda, birgina oila uçun bunyod etilgan bu binodan taşqariga çiqmasa ham böladi. U 8 magnitudagaça bölgan zilzilaga bardoşlidir. Avtomobil turargohi 168 maşinani öziga siğdira oladi. Yettinçi qavatda şaxsiy avtoservis joylaşgan. 

Böş vaqtini mazmunli ötkaziş uçun 50 kişiga möljallangan teatr muntazir. Şuningdek bu yerda spa-salon, suziş havzalari, osma boğlar va jismoniy maşq bilan şuğullaniş zali mavjud. 

Uyga afsonaviy arvoh-orol Antiliya nomi berilgan, uning Atlantika okeanida joylaşgani taxmin qilinadi. 

Xususiy osmonöpar inşoot işbilarmon Mukeş Ambani uçun barpo etilgan. 2016 yil yakunlariga köra, Forbes bu milliarderni dunyoning eng nufuzli kişilari röyxatining 38-örnida qayd etdi. Uning moliyaviy ahvoli 26,4 milliard dollarga baholanadi. Ambanining  Reliance Industries kompaniyasi neft-kimyo, neft va gaz sohalariga ixtisoslaşgan.