Hindistonlik milliarder Mukeş Ambani oilasi Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan Osiyoning eng badavlat 20 ta oilasi reytingida birinçi örinni egalladi.
Röyxatdan şuningdek, Hindiston, Tailand, Xitoy, Indoneziya, Malayziya va boşqa davlatlarning badavlat oilalari örin olgan. Hindistondagi Reliance Industries konglomeratiga egalik qiluvçi Ambani oilasi 90,5 milliard dollarlik moliyaviy aktivlari sabab röyxatda birinçi örinni egalladi
Reytingda ikkinçi örin 42,6 milliard dollar boylikka ega Tailanddagi Çeravanont oilasiga nasib etdi — ular oziq-ovqat mahsulotlari va Osiyodagi yetakçi telekommunikatsiya biznesi bilan şuğullanuvçi Charoen Pokphand kompaniyalar guruhiga egalik qiladi. Indoneziyalik bankir Xartono esa 42,2 milliard dollarlik kapital bilan uçinçi örinni band etdi. Bloomberg Ambanidan taşqari röyxatga yana oltita hind milliarderlari oilasi ham kiritgan.
Hindistondagi milliarderlarning jami boyligi oxirgi 10 yil uç barobarga oşgan va hozirda 905,6 milliard dollarni taşkil etmoqda. Şveytsariyaning UBS Group moliyaviy holdingi ma’lumotlariga köra, bu vaqt içida hind milliarderlari soni ikki barobardan ziyodga oşgan va 300 ga yaqinlaşgan. Mamlakatda ayni vaqtda kapitali 1 milliard dollardan oşadigan 108 ta oilaviy korxona röyxatdan ötgan bölib, uşbu körsatkiç orqali Hindiston dunyodagi top-3 likka kiritilgan. Oilaviy biznes Hindistonning iqtisodiy ösişida muhim rol öynagan va mamlakatning iqtisodiy özgarişiga sezilarli ta’sir körsatgan. Urbanizatsiya, sanoat salohiyatining ösişi va Hindistonning yaşil energiyaga ötişi kabi omillar hind milliarderlari sonining sezilarli darajada oşişiga olib kelgan.
Prognozlarga köra, yaqin ön yilda Hindistondagi milliarderlar soni Xitoyda 2020 yilgaça kuzatilgan holat kabi ösişda davom etadi.












