Bloomberg agentligi dunyoning eng badavlat 500 milliarderi reytingini yangiladi.
Unga köra, milliarderlar reytingidagi birinçi örin Microsoft asosçisi Bill Geytsga (85,6 milliard dollar)nasib etdi. Ikkinçi poğonada amerikalik işbilarmon Uorren Baffet (78,9 milliard dollar) nomi qayd etildi. Uçinçi örinni Amazon rahbari Jyeff Bezos (73,5 milliard dollar) egalladi.
Şuningdek ilk önlik röyxatiga Ispaniyaning Inditex kompaniyasi sobiq prezidenti Amansio Ortega (69,3 milliard dollar), Facebook asosçisi Mark Tsukerberg (59,1 milliard dollar), meksikalik işbilarmon Karlos Slim (53 milliard dollar), aka-uka Çarlz va Devid Kox (48,1 milliarddan), Oracle korporatsiyasi rahbari Larri Ellison (45,3 milliard dollar) va IKEA asosçisi Ingvar Kamprad (42,9 milliard dollar) kiritilgan.
Alişer Usmonov (13,9 milliard dollar) mazkur röyxatning 70-poğonasidan joy oldi.
Reyting milliarderlarning uluşi bölgan kompaniyalarning hisobot ma'lumotlari va aksiyalar bahosiga qarab tuzilgan.












