Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Germaniya Federativ Respublikasining rasmiy Anqaraga nisbatan olib borayotgan siyosatini natsizmga tenglaştirdi.

«Germaniya demokratiya yölidan oğib ketdi, ular hozir amalga oşirayotgan xatti-harakatlar demokratiya emas. Bu natsizmdan farq qilmaydi», — dedi Turkiya prezidenti.

U bu fikrni GFRda turk jamoatçiligi miting ötkazişi taqiqlanganiga javoban aytib ötdi. GFR ötgan haftada Turkiyada kelib çiqişiga köra germaniyalik bölgan jurnalist hibsga olinganidan keyin şunday qarorga kelgandi. Uşbu jurnalistni Erdöğan «nemis agenti» deb atagan.

Germaniya hukumati va siyosatçilari Erdöğanning bayonotiga keskin munosabatlar bildirişmoqda.

Xususan Germaniya Adliya vaziri Xayko Mas Erdöğonning gaplarini «razil va nomaqbul» deb atadi hamda «ularni eng qat'iy tarzda rad etiş»ga çaqirdi.

Bundestagdagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) fraksiyasi yetakçisi Folker Kauder ham turklar prezidentining bayonotini qoralab çiqqan.

«NATO a'zosi bölgan davlat prezidenti NATOdagi ittifoqçisiga bunday munosabatda bölişi — öta nomaqbul holatdir», — deya deputatning sözlarini keltirgan ARD.

Öz navbatida XDI yetakçisi örinbosari Yuliya Klyokner Erdöğan uzr söraşini talab qilgan. 

Xristian-sotsialistlar ittifoqi boş kotibi Andreas Şoyyer Passauer Neue Press gazetasi uçun bergan intervyusida Turkiya prezidentining bayonotini «Bosfordagi aşaddiy zolimning makkarona çiqişi» deb atagan.

«Natsistlarga tenglaştiriş kişining ğazabini keltiradi. Bu absurd fikr», — deya qayd etgan u.

Berlin va Anqara  munosabatlari 2016 yilning yozida Turkiyadagi davlat töntarişiga urinişdan keyin taranglaşdi. Öşanda GFR Turkiya hukumatini isyonçilarga nisbatan haddan taşqari şafqatsiz munosabatda bölişda ayblagandi.