Fransiyaning Peugeot va Citroen avtomobilsozlik korxonalari egasi bölgan PSA kompaniyasi Germaniyaning Opel va Britaniyaning Vauxhall firmasini 1,3 mlrd yevro evaziga xarid qiliş böyiça kelişuvga erişdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. General Motors kompaniyasi öziga tegişli bölgan mulklarni sotişga qaror qilgan.

GM avtokompaniyalar bilan birga Yevropadagi moliyaviy faoliyat bilan şuğullanuvçi  şö'ba korxonasini ham 900 mln yevro evaziga PSA kompaniyasiga sotadi. Şunday qilib, bitimning umumiy qiymati 2,2 mlrd yevroni taşkil etadi.

Ta'kidlanişiça, GM Opel kompaniyasini 90 yil mobaynida nazorat qilib kelgan. Nemis kompaniyasi 2016 yilga belgilangan vazifalarni bajara olmagaç, brenddan voz keçişga qaror qilindi. Umuman, uşbu kompaniya 2009 yildan beri 9 mlrd dollar zarar keltirgan, deb xabar qiladi Bloomberg.

Peugeot egasining taxmin qilişiça, kompaniyalar birlaşganidan söng, 2026 yilga kelib yiliga 1,7 mlrd yevro tejay boşlaydi. Opel esa 2020 yildan boşlab daromad keltira boşlaşi kerak. 

GM kompaniyasi esa, Opel brendini sotiş orqali olinadigan 2 mlrd dollarga yaqin mablağ öz aksiyalarini xarid qilişga yönaltiriladi, deb işonmoqda. Amerika korporatsiyasi, şuningdek, PSA aksiyalarini ham xarid qilişi mumkin böladi. Şu bilan birga, ikkala kompaniya ham Holden va Buick kompaniyalarini işlab çiqarişni davom ettiradi.

PSA va Opel örtasidagi bitim Yevropa bozorida Volkswagen kompaniyasidan keyin ikkinçi örinda turadigan eng yirik öyinçi paydo böladi. PSA va Opel uşbu bozorning 16 foizini nazorat qiladi. Volkswagen 24 foiz uluşga ega, deb qayd etadi Bloomberg.