Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan haftaning juma kuni 3ta şaharda mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov haykalini örnatiş hamda Samarqandda yodgorlik majmuasini quriş böyiça loyihalar bilan tanişdi.
Islom Karimov uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov xayriya jamoat fondi va uning nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat körsatadi. Qarorgoh qarşisidagi maydonga esa birinçi prezident haykali örnatiladi.
Şavkat Mirziyoyev bu yerda özbekistonliklar va xorijiy mehmonlarda haykal poyiga gullar qöyiş hamda Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan tanişiş imkoniyati bölişi haqida gapirib ötdi.
«Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida namoyiş etilgan eskizlarga köra, haykal oldida Özbekiston obidalari maketlari xiyoboni barpo etiladi. Maketlar orasida Samarqanddagi Registon, Şahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toşkentdagi «Özbekiston» forumlar saroyi va boşqalar bor.











