Aşxobod muzokaralari sarhisobi. Özbekiston Turkmaniston orqali Qora dengizga çiqişi mumkin
|04:23 / 07.03.201758 39911 min
Özbekiston va Turkmaniston rahbarlari örtasida bölib ötgan muzokaralardan söng Gurbanguli Berdimuhamedov matbuot qarşisida çiqiş qilib, bugungi uçraşuv ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa oçganini qayd etib ötdi.
ÖzA xabariga köra, Gurbanguli Berdimuhamedov Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin davlat taşrifi bilan birinçi bölib Turkmanistonga kelgani uçun minnatdorlik bildirib, bu tarixiy voqea mamlakatlarimiz hamkorligida foydalanilmagan imkoniyatlarni işga soliş va aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdi.
Muzokaralar çoğida ikki tomonlama aloqalar holati muhokama qilinib, xalqaro masalalar böyiça fikrlar almaşilgan. Davlat rahbarlari muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar böyiça bir qator muhim hujjatlarni imzolaşgan.
Ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorligini rivojlantiriş borasidagi maqsad va yondaşuvlari muştarakligi, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalarda bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotgani ta'kidlandi.
Taşqi siyosat
Özbekiston Respublikasining taşqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boşqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Turkmanistonning taşqi siyosati betaraflik, tinçliksevarlik, yaxşi qöşniçilik tamoyillariga qurilgan.
Özbekiston va Turkmaniston xalqaro maydonda bir-birini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham izçil hamkorlik qilinmoqda.
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Özbekiston prezidenti bilan uçraşuv ikki davlatning turli yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganiga işonç bildirdi.
Turkmaniston rahbari qayd etişiça, muzokaralar vaqtida alohida e'tibor mintaqa xavfsizligi masalalariga qaratildi. U ikki mamlakatning qöşni Afğonistonda faqat siyosiy yöl bilan barqarorlik örnatilişi borasidagi fikri ham muştarakligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
Tomonlar terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşişgan hamda xalqaro terrorizmga qarşi kuraş, ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanişi kabi dolzarb muammolar böyiça xalqaro taşkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilişga kelişib olişgan.
"Alohida e'tibor esa Markaziy Osiyo hududida tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş masalasiga qaratildi. Bugungi kunda Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi hamkorlik bu jarayonning muhim tarkibiy qismi bölmoqda. Bu örinda pozitsiyalar aniq: ikki mamlakat ham Markaziy Osiyoning tinç va barqaror rivojlanişi uçun mustahkam va samarali mexanizm yaratilişini istaydi", degan turkmanistonliklar rahbari.
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ikki mamlakat ham Afğoniston muammosini hal etiş borasida umumiy fikrdaligini, ya'ni muammoni faqat tinç va siyosiy yöl bilan, umummilliy muloqot vositasida hal etiş mumkin degan fikrda ekanini qayd etgan. Davlat rahbarlari Afğonistonda BMTning tinçlikparvar kuçlari yanada faolroq va kengroq harakatlanişi lozimligini ta'kidlaşgan.
Berdimuhamedov Turkmaniston va Özbekiston Afğoniston hukumatini xalqaro hamjamiyat muhim sohalarda, xususan, energetika va transport sohalarida qöllab-quvvatlaşni susaytirmaslik kerakligi tarafdori ekaniga urğu qaratgan.
Özaro hamkorlik sohalari
Turkmaniston rahbari bu ikki davlat tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş masalalaridan taşqari boşqa bir qator sohalarda, jumladan, energetika xavfsizligi, xalqaro transport-tranzit aloqalari, ekologiya va atrof-muhitni asraş masalalarida ham muvofiqlikda harakat qiladi.
Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirişgan. Unda savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qişloq xöjaligi, madaniyat, turizm va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga e'tibor qaratilgan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qiliş, eksport-import nomenklaturasini kengaytiriş, tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi mavjud salohiyatga mos emasligi, uni kengaytiriş uçun iqtisodiyot tarmoqlaridagi imkoniyatlarni yana bir bor tahlil etiş zarurligi ta'kidlangan.
Özbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral öğitlar, qişloq xöjaligi mahsulotlari, quriliş materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boşqa kimyoviy tovarlar keltiriladi.
Hukumatlararo tadbirlar, işbilarmon doiralar örtasidagi uçraşuvlar aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qilmoqda. 2016 yilning sentabr va şu yil yanvar oylarida Toşkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik böyiça Özbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining yiğilişlari bölib ötgandi.
Xalqaro transport va tranzit yölagi
Transport sohasi hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan hisoblanişi e'tirof etilgan. Özbekiston hududi orqali Turkmanistonga, Turkmaniston hududi orqali Özbekistonga yuk taşiladi. Mamlakatlarning özaro integratsiyalaşgan avtomobil va temir yöllari uçinçi davlatlar uçun ham tranzit vazifasini ötamoqda.
"Transport sohasida kuçli va zamonaviy infratuzilma yaratiş böyiça hamkorlik davom ettiriladi. Bu hamkorlik Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Şarq transport tizimlarini birlaştiradi", deydi Berdimuhamedov. U Turkmaniston Özbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi-Janubiy Kavkaz yönalişida transport yölagi taşkil qiliş orqali, Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boşqa mamlakatlarning Qora dengizdagi portlariga çiqiş imkoniyatini ham öz içiga olişini aytib ötgan.
U 2011 yil 25 aprelda imzolangan Eron Islom Respublikasi, Ummon sultonligi, Turkmaniston va Özbekiston hukumatlari örtasidagi xalqaro transport va tranzit yölagini yaratiş töğrisidagi bitim (Aşxobod bitimi) faollaştirilişi böyiça kelişuvga erişilganini qayd etgan. Uşbu bitim Markaziy Osiyo mamlakatlari, Fors körfazi hamda Ummon dengizi portlari örtasida tovarlarni uzluksiz taşiş va tranzit uçun işonçli transport yölagini yaratişga yönaltirilgan.
Davlat rahbarining uşbu taşrifi doirasida oçiladigan Amudaryo ustida qurilgan avtomobil va temir yöl köpriklari mazkur transport yölagining muhim qismi hisoblanadi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan tomonlar bu sohada umumiy fikrga kelgan. "Ikki davlatning mavjud sanoat va infratuzilmaviy salohiyatlari bu jarayonda katta rol öynaydi", degan Turkmaniston rahbari.
Turkmaniston prezidenti agrosanoat sohasini ikki davlat köp yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan muhim yönaliş sifatida baholagan va Özbekiston tomonida qişloq xöjaligi texnikalari yetkazib kelayotgani uçun minnatdorçilik bildirgan.
"Keyingi yillarda Özbekistondagi zavodlarda işlab çiqarilayotgan avtomobil va texnikalar xaridorgir bölmoqda. Özbekistondagi korxonalar kimyo sanoati mahsulotlari işlab çiqarişda ham ulkan tajribaga ega. Buning evaziga ikki tomonlama tovar aylanmasini sezilarli darajada östiriş imkoniyati mavjud", degan turkmanistonliklar rahbari.
Özbekiston ham, Turkmaniston ham uglevodorod resurslariga boy. Ularni eksport qiliş özaro muvofiq harakat qilişni talab etadi. Ana şunday yaqin hamkorlik ikki mamlakat uçun energetika yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va jahon bozorlariga çiqiş borasida keng imkoniyatlar yaratmoqda. 2009 yilda işga tuşgan Turkmaniston – Özbekiston – Qozoğiston – Xitoy gaz quvuri buning yorqin misolidir.
Muzokarada hamkorlikning yangi yönalişlarini işga soliş, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytiriş, hududlarning töğridan-töğri hamkorligini rivojlantirişga kelişib olindi.
Transçegaraviy daryolardan oqilona foydalaniş, çöllanişga qarşi kuraşiş, atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik
Turkmaniston rahbari uçraşuv çoğida gumanitar sohada hamkorlikni davom ettiriş xususida ham kelişuvga erişilganini qayd etgan.
"Ikki davlat – bitta tarix, bitta madaniyat, bir xil an'ana va odatlar", degan Berdimuhamedov. U ikki birodar xalq bundan keyin ham döstona aloqalarni mustahkamlaşda davom etişiga işonç bildirgan.
Özbek va turkman xalqlarining tarixi va madaniyati muştarak, urf-odat va an'analari öxşaş. Ajdodlarning ilmiy-ijodiy merosi xalqlarning umumiy mulkiga aylangan. Bu yaqinlik madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik rivojiga mustahkam asos bölmoqda. Ikki mamlakat madaniyat va san'at namoyandalari, sportçilari Özbekiston va Turkmanistonda ötkaziladigan turli konsertlar, festival va körgazmalar, sport musobaqalarida faol iştirok etmoqda. 2016 yil sentabrda Turkmanistonda özbek kinosi kunlari, noyabrda Özbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlari ötkazildi.
Mamlakatlar sayyohlik sohasida ham ulkan imkoniyatlarga ega. “Buyuk ipak yöli” loyihasi doirasida özaro boğlangan sayohatlar taşkil etilmoqda.
Ilm-fan sohasidagi hamkorlik ham yuksalmoqda. Ikki mamlakat olimlari qişloq xöjaligi, neft kimyosi va boşqa sohalarda birgalikda izlanişlar olib bormoqda.
Muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qöşma bayonotni, Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani imzoladilar. Tegişli vazirlik va idoralar örtasida 2018-2020 yillarda iqtisodiy hamkorlik töğrisidagi şartnoma, temir yöl transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga oid memorandum, 2017-2019 yillarga möljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi, 2017-2018 yillarda taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik dasturi, Özbekistondan Turkmanistonga qişloq xöjaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari yetkazib beriş töğrisidagi şartnomalar imzolandi. Xorazm viloyati bilan Daşovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik töğrisida bitimlar imzolandi.
Turkmaniston prezidenti Özbekiston – strategik muhim hamkor ekanini ta'kidlab, ikki tomonlama hamkorlik teng huquqlilik, özaro hurmat, oşkoralik va işonç asosida mustahkamlanişini qayd etib ötgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda prezidentlar uşbu taşrif ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama etiş, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almaşiş uçun qulay imkoniyat yaratganini ta'kidladilar. Muzokaralar oçiqlik, özaro anglaşuv va döstona ruhda ötgani, imzolangan hujjatlar Özbekiston va Turkmaniston xalqlari manfaatlariga xizmat qilişi qayd etildi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston va Özbekiston örtasidagi köp tarmoqli hamkorlik ikki davlat xalqlarining tub manfaatlarini ifoda etişi, bu hamkorlik mintaqaviy va xalqaro jarayonlarga ijobiy ta'sir körsatişiga işonç bildirgan.
Özbekiston prezidenti delegatsiya a'zolariga minnatdorçilik bildirar ekan, Turkmaniston prezidenti muzokaralar yakunidan mamnun ekanini bildirgan va Özbekiston xalqiga eng yaxşi tilaklarini bildirgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi