Farğona viloyat prokuraturasi taşabbusi bilan aliment undiriş bilan boğliq sud qarorlarini ijro etiş hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş maqsadida 2016 yil 1 avgustida viloyat hokimligi, IIB, sud ijro departamenti, “Mahalla" jamoat fondi hamda mehnat boş boşqarmalari hamkorligida qöşma farmoyiş işlab çiqilib, ijro uçun joylarga yuborilgan.

Qöşma farmoyiş talablaridan kelib çiqqan holda, har bir tuman (şahar) prokurori örinbosarlari raisligida işçi guruhlari tuzilib, har oyda aliment undiriş bilan boğliq ijro hujjatlari ijrosi töliq nazorat qilib borilmoqda.

Şu bilan birga aliment undiriş bilan boğliq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlaşda yöl qöyilgan kamçiliklar va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlar har çorakda idoralararo yiğilişda muhokama qilinib, mutasaddi idora rahbarlariga zarur körsatma va topşiriqlar berib kelinmokda.

Nazorat va tarğibot tadbirlari jarayonida 01.03.2017 yil holatiga 947ta ijro hujjatlari böyiça oilalar yaraştirilganligi munosabati bilan tiklanişi, 270ta holatda mavjud qarzdorliklar töliq bartaraf etilganligi sababli ijro işlari iş yurituvidan tamomlangan.

Şuningdek, joylarda ötkazilgan 89ta böş iş örinlari mehnat yarmarkalarida 1 629 nafar qarzdorlar işga joylaştirilib, alimentdan bölgan qarzdorlik iş haqlariga qaratilgan.

Tadbirlar jarayonida 12 534ta ijro hujjatlari böyiça 9,6 mlrd. sömlik aliment pullari undirilgan va şu bilan birga 6 987 nafar voyaga yetmaganlarning huquqlari tiklanişga erişilgan.

Mazkur qöşma farmoyiş ijrosi tizimli ravişda ijro etilişi natijasida viloyat prokuraturasiga aliment undiriş bilan boğliq murojaatlar soni sezilarli darajada kamayişga erişilmokda.