Jyeneva avtosalonida Hyundai’ning FE Fuel Cell kontsepti jahon premerasi bölib ötdi. U markadagi vodorod yöltanlamasning kelajakdagi seriyasi haqida tuşunça beradi. Nusxa 800 kilometrlik yöl zaxirasiga ega.

Kontsept Koreya markasining 2020 yilga qadar 14ta yangi ekomodellarni çiqariş böyiça global dasturi doirasida tayyorlandi. Bugungi kunda Hyundai’da bitta ix35 seriyali yöltanlamasi bor hamda u vodorodli yoqilğidagi kuç qurilmasiga ega.

Seriyali ix35 quvvati 136 ot kuçi bölgan elektr dvigateli va litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlangan. Unga quvvat kislorod va vodorod örtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida işlab çiqariladi. Yöltanlamas yoqilğini qayta quymay turib 594 kilometr yöl yurişi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 161 kilometrga teng.

Hyundai’ga köra, kontseptning kuç qurilmasi vodorodli ix35’ga qaraganda 20 foizga yengilroq, biroq şu bilan birga, 10 foizga samarali hamda 30 foizga kuçliroq. Kompaniya tizim haqida aniq ma'lumotni keltirmadi.

Nusxaning yana bir öziga xos jihati yukxonadagi maxsus quvvatlantiriş stansiyasiga ega elektr samokatining borligidir. U qisqa masofalarga sayr qilişda, masalan, avtomobil turargohidan işgaça işlatilişi mumkin. 

FE Fuel Cell kontseptining qisman davomi böladigan seriyali yangilik 2018 yilda paydo böladi.