Infiniti kompaniyasi Şveytsariyaning Jyeneva şahrida oçilgan 2017 yilgi motorşou vaqtida Q50 rusumli yangilangan sport-sedanni taqdim etdi.

Yaponiyaliklarning bu avtomobili qator innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan hamda uning taşqi va içki dizayni tamomila yangiça körinişga ega bölgan. 

Infiniti Q50 modelining sotuvi dunyo böylab joriy yilning ikkinçi çoragida boşlanadi. Işlab çiqaruvçi tomonning qayd etişiça, yangilangan taşqi dizayn avtomaşinani sport avtomobillari toifasiga kiritiş imkoniyatini beradi. Uning içki körinişi ham tahsinga loyiq bölib, yuqori sifatli xom aşyodan yasalgan.

Bundan taşqari,  Infiniti  öz brendlari orasida ilk marotaba uşbu modelini ProPilot texnologiyasi bilan jihozladi.

Yevropada avtomobillar ProPilot texnologiyasi bilan 2019 yil mavsumidan boşlab işlab çiqariladi.  Infiniti  bundan buyon barça avtomobillarini ProPilot  dasturi bilan ta'minlagan holda sotuvga çiqarişni möljallamoqda. Bu dastur töğridan-töğri boşqaruv tizimiga moslaşiş, yöl çiziqlaridan çiqib ketmaslik, oraliq masofani nazorat qiliş, avtohalokatlar va töqnaşuvlardan saqlaniş hamda intellektual kruiz kontrol kabi qölayliklarni öz içiga oladi.

Infiniti Q50 motori ham sport sedanlari kabi super kuçga ega. Xususan, 400 ot kuçiga ega bölgan avtomobilga VR yangi avlod motorlari toifasiga mansub V6 rusumli 3,0 litr hajmli biturbin dvigatel örnatilgan.