Isroil şimolidagi arablar yaşaydigan Jatt şahri munitsipaliteti markaziy hukumat talabi bilan Falastinning marhum yetakçisi Yosir Arofat nomiga qöyilgan köçadan uning nomi yozilgan tabliçkalarni olib taşlamoqda. 

Isroil boş vaziri 5 mart kuni "isroilliklar va yahudiylarning qotillari" xotiralarini abadiylaştiruvçi toponimlar (joylar nomi) paydo bölişiga yöl qöymasligini aytgan.

"Mening talabim bilan Jattning mahalliy kengaşi Yosir Arofat nomi yozilgan köça belgilarini olib taşlaşga qaror qildi", deb yozgan Isroil içki işlar vaziri Are Deri tvitterda. 

Deri vazirlik köçaning qayta nomlanişiga rusxat bermagani va şu sababli uşbu nom rasmiy röyxatlarga kiritilmaganini ma'lum qilgan. "Gaarets" naşrining yozişiça, Arofat nomli köça Jattda 2008 yildan beri mavjud bölgan, biroq markaziy hukumat bunday köçaning borligini Isroil armiyasi nogironlari uyuşmasi murojaatidan keyingina bilgan.

Falastin milliy ma'muriyati asosçisi va birinçi rahbari Yosir Arofat önlab yillar Isroilga qarşi olib borilgan kuraşdan keyin u bilan muzokaralar stoliga ötirgani uçun 1994 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofotiga loyiq topilgan.