NASA sayyoraşunoslik bölimi olimlari Marsni sun'iy magnit maydoni bilan örab olişni taklif qilişdi. Ularning fikriça, bu bilan sayyoradagi atmosfera yanada ziçroq böladi. Bu uni örganişda qulaylik beradi. Tadqiqotçilar şunday hisobot bilan “Vision 2050 Workshop” sayyoraşunoslik anjumanida çiqiş qilişgan.
Hisobot mualliflari Lagranj (L1) nuqtasi – Mars va Quyoş örtasidagi, fazoviy apparat dvigatellarini işlatmay turib, yerda çeklanmagan vaqt uzoqlikda turiş imkoni bölgan şişirilgan modul joylaştirişni taklif etişmoqda. Kosmomodulda dipol, ya'ni elektrodinamikali magnitlar ham böladi. Şundan söng, maydon öziga xos “magnitli dum”ni taşkil qiladi, u özi bilan butun sayyorani yopa oladi.
NASA’ga köra, himoya magnitosferasi Mars tomonidan gazlar yöqolişini töxtatadi va uning atmosferasi ziçligi ösa boşlaydi. Uning ziçligi Yerniki bilan barobar bölsa, örtaça harorat–63 darajadan +4gaça oşadi va qutb şapkalari erib ketadi. Sayyoraşunoslarning baholaşiça, ulardagi suv ma'lum bir hajmda dengizlarni yaratişga imkon beradi. Şuningdek, ziçroq atmosfera paraşyutda tuşiriladigan apparatlarni tezroq töxtatadi va sayyora yuzasidagi nurlaniş darajasini kamaytiradi. Ğoya mualliflari, Mars yaqinida fazoviy modulni uzoq vaqt uşlab turiş qiymati, şuningdek, kerakli energiyani qayerdan olişga oydinlik kiritişganiça yöq. Ular bu variantni “narx-samaradorlik” nisbatiga Marsda elegaz işlab çiqariş kabi boşqa loyihalar bilan taqqoslaşmadi. Bu gazning, hattoki, kiçik hajmi ham sayyora yuzasini ultrabinafşa nurlaridandan himoya qiliş va öta kuçli issiqlik ta'sirini yaratişga imkon beradi.
NASA konsepsiyasi bir neça farazga asoslangan. Birinçidan, quyoş şamoli Mars atmofera yöqotişlarida asosiy manba bölgan. Bugungi kunda Qizil sayyordagi gaz qobiği deyarli yuz foizga karbonat angidrid gazidan iborat. Garçi, uning bir qismi muz şapkalariga boğlangan bölsa-da, gazni taşkil etuvçi qismlar yerdan 100-150 barobar kamroq bölgan bosimni uşlab turişga yetadi. Biroq agarda Yer atmosferasidagi karbonat angidriddan boşqa barça gazlar yöqotilsa, undagi bosim 250 martaga tuşib ketadi – atmosfera Marsdagiga qaraganda ança yupqaroq böladi. Avvalroq, Marsda azot asosiy gaz bölgani haqida taxminlar bildirilgandi. Uning yöqoliş sabablari faqatgina quyoş şamoli bilan boğliq emas.
Sun'iy magnit maydoni ğoyasi ortida turuvçi boşqa taxmin – Marsda uning paydo bölişidan söng atmosfera ziçligi ortib borişi haqidagi farazdir. Biroq bu qayerdandir gaz kelsa, röy berişi mumkin. Yerda u vulqonlar otilişi bilan yuzaga keladi. Fikrlarga köra, Qizil sayyorada plitalar tektonikasi va vulqon faolligi bilan vaziyat yomonroq. Bunday şaroitda gaz qobiği ziçligining jiddiy ösişi yuz bermaydi. Venerada ham magnit maydoni yöq, quyoş şamoli esa Marsga qaraganda tört barobarga kuçliroq. Biroq u yerda vulqonlar otilişi bor, şuning uçun ikkinçi sayyoradagi karbonat angidridli atmosfera törtinçi sayyoraga qaraganda 10 ming marotaba ziçroq.












