«Mersedes» Jyeneva avtosalonida Mercedes-AMG GT Concept nomi ostidagi gibridli nusxasini namoyiş etdi. U yaqin orada seriyada paydo böladi va Porsche Panamera’ga raqobatçi bölişi kerak. Yangilik «EQ Power+» belgisini olgan ilk fuqarolik avtomobiliga aylandi. Kelajakda Mercedes-AMĞdagi barça «zaryadlangan» gibridlar şunday nomlanadi.

Tört eşikli va tört örinli maşina S- va Ye-Klassda işlatiluvçi MRA şassisining modernizatsiya qilingan nusxasida yaratildi. Beş metrli avtomobil 805-kuçli gibridli kuç qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibidan tört litrli «sakkiztalik» benzin biturbosi, orqa öqda joylaşgan elektromotor va «öta kuçli hamda yengil» batareyalar majmuasi örin oldi.

Bunday avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka uç soniyadan kamroq vaqtda yetişi mumkin. Şu bilan birga, kompaniya akkumulyatorlar jihatlari va elektrotortişdagi yuriş zaxirasiga oydinlik kiritmadi. Batareyalar rekuperatsiya tizimi yordamida quvvat olişi mumkin.

Kuzov tösiqlari elementlarining katta qismi (jumladan diffuzor, spoylerlar va kuzov ostonasi), şuningdek tom va old örindiqlar karbondan qilingan. Bundan taşqari, avtomobil karbon-keramik tormoz va orqa köriniş közgularining örniga kameralarga ega bölgan.

Bunday avtomobil seriyada 2018 yilda paydo böladi.