22 fevralda “Formula-1” poygasining “Mersedes” jamoasi yangi poyga maşinasi – Mercedes-AMG W09 EQ Power+’ni rasman taqdim qildi. Bu bolid Britaniyaning “Silverstoun” trassasida taqdimot marosimi doirasida debyut qildi.
Taqdimotda jamoa poygaçilari Valtteri Bottas va Lyuis Xemilton iştirok etdilar. Ular yangi mavsumda aynan şu bolid bilan iştirok etadilar. Maşinani trassa böylab Bottas sinagan, 4 karra çempion Xemilton esa bolidning rasmiy taqdimotida iştirok etgan.





Şuningdek, “Ferrari” ham şu kun özining yangi bolidini namoyiş qildi. Maşina SF71H deb nomlandi. Bolidning taşqi körinişi biroz yangilangan.

Foto: Ferrari SpA

Foto: Ferrari SpA
Ötgan mavsumda jamoa 522 oçko töplab, muhandislar jadvalida 2-örinni egallagandi. Bu oçkolardan 317 tasini Sebastyan Fettel, 205 tasini Kimi Raykkonen olib kelgan. Yangi mavsumda “Ferrari” poygaçilari özgarişsiz qoladi. Jamoaning rivojlantiriş böyiça poygaçisi Daniil Kvyat böladi, uçinçi poygaçi sifatida Antonio Jovinatstsi iştirok etadi.











