Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Toşkent şahridagi «Navröz» restoranida bölib ötgan tadbirda mamlakat xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan tabrikladi.

Prezident öz tabrigida jamiyat oldida turgan bir qator vazifalar haqida töxtalgan.

«Biz odatda jamiyatimiz hayotiga qarşi qaratilgan xavf-xatarlar haqida gapirganda, köpinça çetdan kiradigan tahdidlarni tuşunamiz. Lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinç va yoruğ hayotimizga soya solib turibdi. Loqaydlik, bir-birini körolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qöni-qöşnilar örtasidagi kelişmovçilik, ayollarga bepisand qaraş – bunday yaramas illatlar bizga, bizning xalqimizga mutlaqo yaraşmaydi», deya qayd etgan davlat rahbari.

Prezident bunday holatlarning oldini oliş uçun har tomonlama çuqur öylab, muntazam ravişda iş olib borilişi zarurligini ta'kidlagan.

«Şu maqsadda biz mahalliy hokimliklar va içki işlar tizimini, «Mahalla» va «Nuroniy» jamğarmalari tuzilmasini tubdan özgartirdik, ularga yoşlar bilan işlaydigan qöşimça ştatlar berdik. 

Ayni şunday islohotlarni biz Respublika Xotin-qizlar qömitasi va uning joylardagi tuzilmalari böyiça ham amalga oşirişni rejalaştirganmiz. Qömita va uning hududiy bölinmalari vakolatlarini yanada kengaytiriş, ularning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, opa-singillarimizning mehnatini munosib baholaş va rağbatlantiriş, buning uçun yangi imtiyoz va imkoniyatlar tizimini yaratiş böyiça aniq çora-tadbirlar közda tutilmoqda», deya qayd etgan davlat rahbari.

Uning fikr bildirişiça, bularning barçasi yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi örni va ta'sirini oşiriş, ularning hayotiy manfaatlarini yanada keng ta'minlaş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. 

Bundan taşqari, Mirziyoyev «Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona» şiori doimiy kun tartibida turişi lozimligini qayd etib ötgan.

«Biz yoşlarimizni milliy va umumbaşariy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etişimiz zarur. Bunday ğoyat muhim vazifani amalga oşirişda biz avvalo köpni körgan kayvoni onaxonlarimizga, mahalla faollariga, muhtaram faxriylarimizga, siz, aziz opa-singillarimizning aql-zakovatingiz, bilim va tajribangizga tayanamiz.