Turkmanobodda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga örnatilgan yodgorlik oçildi. Turkmanistonning Libop viloyati ma'muriy markazining asosiy köçalaridan biri ham uning nomi bilan ataladi. Yodgorlikning oçilişi munosabati bilan taşkil etilgan marosimda Özbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Şavkat Mirziyoyev hamda Gurbanguli Berdimuhamedov iştirok etdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qilmoqda. 

Turkmaniston rahbari yiğilganlar oldida nutq sözlar ekan, Islom Karimovning özbek-turkman davlatlararo munosabatlarini rivojlantirişdagi örnini yuqori baholadi. 

Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidentiga eng yaxşi yodgorlik – bu uning işini munosib davom ettirişdir, degan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov. U özaro tuşunişning yuqori darajasi, umumiy tarixiy ildizlar kelgusida ham amaliy davlatlararo hamkorlikning mustahkam poydevori bölib xizmat qilişiga işonç bildirgan. 

Davlat rahbarlari Islom Karimovga örnatilgan yodgorlik poyiga gulçambarlar qöyişdi.