Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaziyat keskinlashmoqda: Malayziyada xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi, politsiya KXDR elchixonasini o‘rab olgan
Malayziya bosh vaziri Pxenyan ushbu davlat fuqarolariga KXDRdan chiqib ketishni man etgani uchun mamlakat xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Malayziya politsiyasi esa KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchixonasini muhrlab qo‘ydi. Bu haqda Reyter agentligi Malayziya IIV rahbari o‘rinbosari Nur Jazlon Muhammadga asosan xabar bermoqda.
KXDR va Malayziya o‘rtasidagi diplomatik mojaro Kuala-Lumpurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam qotilligidan so‘ng ro‘y berdi.
Avvalroq KXDR Malayziya fuqarolariga mamlakatni tark etishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Malayziya ham xuddi shunday choralarni qabul qildi. Oldinroq esa KXDR elchisi Malayziyadan chiqib ketdi.
Xabar qilinishicha, elchixona xodimlariga binoni tark etish taqiqlangan. “Biz elchixonadagi barcha xodimlar shaxsini aniqlashga harakat qilmoqdamiz”, - deya aytib o‘tgan Muhammad.
Avvalroq Malayziya politsiyasi rahbari Kim Chen Nam qotilligi bilan bog‘liq ish tufayli qidiruvda bo‘lgan KXDRning uch nafar fuqarosi Shimoliy Koreyaning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida yashirinayotganini ma'lum qilgandi.
13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayolning hujumidan so‘ng erkak hayotdan ko‘z yumdi. Malayziya hukumati halok bo‘lgan shaxs KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Nam ekanini tasdiqladi. Kim Chen Namning yuzidan ekspertlar VX asab-falajlovchi zaharli modda izlarini topishdi.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
08:18 / 05.05.2026