Şimoliy Koreya qurolli kuçlari 12-sentabr kuni artilleriya va uzoq masofaga uçuvçi raketalar iştirokida «yalpi öt oçiş» maşğulotlarini ötkazdi. Bu haqda 14-sentabr kuni KXDR davlat axborot agentligi - KCNA xabar berdi.
Rasmiy xabarga köra, maşğulotlarda Şimoliy Koreya armiyasining turli bölinmalari iştirok etgan.
Maşğulotlar davomida «yangi jangovar tizimlar», jumladan, turli xil zarba beruvçi uçuvçisiz uçiş apparatlari, taktik qanotli raketalar, zalp bilan öt oçiş reaktiv tizimlari va taktik ballistik raketalardan foydalanilgan.
Şimoliy Koreya davlat OAV qurollar «jamlangan öt oçişning ulkan vayronkor kuçini» namoyiş etgani va belgilangan nişonlarga «100 foiz aniqlikda» zarba berilganini iddao qildi. Maşğulotlar qayerda ötkazilgani haqida maʼlumot berilmagan.
Janubiy Koreya harbiylari esa 12-sentabr kuni Şimoliy Koreyaning Vonsan şahri hududidan Yapon dengizi tomon bir neçta ballistik raketa uçirilganini maʼlum qildi.
Bu uçirişlar AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylari Freedom Edge deb nomlangan beş kunlik qöşma maşğulotlarni yakunlaganidan bir kun ötib amalga oşirildi. Uşbu maşğulotlar asosan Şimoliy Koreya tomonidan kelib çiqişi mumkin bölgan ehtimoliy tahdidlarga qarşi harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan edi.
Şimoliy Koreya bundan avval 20-avgust kuni ham harbiy maşğulot ötkazib, Yapon dengizi tomon bir neçta raketa uçirgan edi. Öşa vaqtda AQŞ va Janubiy Koreya harbiylari har yili ötkaziladigan Ulchi Freedom Shield qöşma maşğulotlarini olib borayotgandi.
Pxenyanning navbatdagi harbiy faolligi AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya bilan muloqotni tiklaşga urinayotgan bir paytga töğri keldi. Tramp 2026-yil oxiriga qadar Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşiş niyati borligini bildirgan.
Şuningdek, Tramp Ulchi Freedom Shield maşğulotlari kölamini qisqartiriş böyiça körsatma bergan. U bunga maşğulotlarning yuqori xarajatlarini sabab qilib körsatgan va ularni Şimoliy Koreyaga nisbatan «duşmanona» deb baholagan.
Ayni paytda Janubiy Koreya razvedkasi Kim Çen In Rossiya bilan harbiy hamkorlikdan olingan mablağlarni quriliş va qurol-yaroğ sohasidagi bir qator loyihalarni moliyalaştirişga yönaltirayotganini bildirgan.

















