Keniya maxsus harbiy bölinmasi Sudan laqabli şimoliy oq karkidonni keça-yu kunduz qöriqlaydi. Gap şundaki, uşbu noyob turdagi sut emizuvçi hayvon dunyoda yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgani hayvonot olami himoyaçilarining jiddiy taşvişiga sabab bölmoqda. 

Keniya maxsus bölinma harbiylari oq karkidon bilan. Foto: Epicure & Culture

2017 yil 6 mart holatiga köra, uşbu turdagi hayvondan atigi uçta qolgan bölib, ularning ikkitasi urğoçi va yana biri Sudan laqabli erkak karkidondir. Olimlarning fikriça, endilikda bu hayvonlar tabiiy ravişda köpaya olişmaydi, çunki Sudan 44 yoşda bölib, u keksaygan hisoblanadi. Bundan taşqari, u urğoçi karkidon bilan juftlaşişi uçun tanlaganini jangda mağlub etişi kerak. Ekrak karkidon urğoçilariga nisbatan ança qariligi hisobga olinsa, buning ham iloji yöq, deyişmoqda olimlar. 

Şunga qaramay, harbiylar Sudanni brakonerlardan qöriqlaşmoqda. Çunki, olimlar Sudandan boşqa turdagi karkidonlarni (xususan, qora karkidonni) sun'iy urçitişda foydalanişni rejalaştirişmoqda. 

Ta'kidlanişiça, sönggi 50 yil davomida dunyodagi karkidonlar soni 100lab marta kamaygan. Bunga ularning şoxiga bölgan talabning yuqoriligi hamda qora bozorda uning bir kilogrammi 75 ming dollargaça baholangani sabab bölgan. 

Şu bilan birga, mutaxassislar kelgusida sun'iy yetiştiriş texnologiyasi şimoliy oq karkidonlarni yangidan dunyoga keltiriş mumkinligini ham rad etişmayapti.