4 mart kuni ikki nafar politsiyachi orqa chirog‘i singan va «JUGGLER» raqami bilan sekin harakatlanayotgan mashinaga ko‘zlari tushgan. Huquq idoralari xodimlari haydovchi mast bo‘lishini taxmin qilib, shubhali avtomobilni to‘xtatishgan. Rulni boshqarayotgan yosh yigit esa universitet kutubxonasidan uyiga qaytayotganini aytgan. 

Shundan so‘ng, Pakett politsiyachilarga professional ko‘zboylag‘ich ekanini aytgan. Bleyk o‘zining mast emasligini isbotlash uchun orqa o‘rindiqdagi uchta keglni olib, ularni havoda o‘ynata boshlagan. Bundan tashqari, u politsiyachilarning biridan ushbu jarayonni videoga olishni so‘ragan.

«Bu bizning kechamiz bo‘ldi», — degan politsiyachilardan biri. 

Pakettning tan olishicha, u mazkur uchrashuvdan ko‘proq rohatlangan.