Amerikaning Apple kompaniyasining bayonot berişiça, sönggi iOS dasturiy ta'minotidagi smartfonlar xavfsizligi bilan boğliq nuqsonlarning katta qismi tuzatilgan. Bu nuqsonlar haqida WikiLeaks saytida söz yuritilgan edi. 

«Dastlabki tahlil şuni körsatdiki, bugun e'lon qilingan nuqsonlarning aksariyati dasturiy ta'minotning sönggi namunasida tuzatilgan. Biroq, biz har qanday zaifliklarni zudlik bilan bartaraf etiş ustida işlaymiz», - deyiladi bayonotda. 

7 mart kuni Wikileaks sayti MRB (AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi) Kiberjosuslik Markazining içki tarmoğidan olingan 9 ming hujjatni e'lon qilgan edi. Hujjatda Windows, MacOS va Linux kabi dasturiy ta'minotlar hamda tarmoq routerlari va marşrutizatorlaridagi foydalanuvçini tinglaş imkonini beruvçi maxfiy dasturlar haqida söz boradi. Bunda, maxsus xizmatlar dasturiy ta'minotlardagi yopilmagan zaiflik va nuqsonlardan özlarini qiziqtirgan şaxslarning yozişmalariga kirişda foydalangan. 

MRB, hisobotga köra, WhatsApp, Telegram va Signal kabi messenjerlardan xabarlarni olgan, «aqlli televizorlar»ga kirgan. 

Aytiş joizki, hozirça, Apple uşbu hisobot yuzasidan oşkora izoh bergan yagona kompaniya bölib qolmoqda. MRB Wikileaks foş etişiga qaraşini bildirmagan.