Avstraliyaning Viktoriya ştatidagi köl puşti rangga kirdi. OAVda ma'lum qilinişiça, bir qaraşda bu böyoq yoki ifloslaniş tufayli yuz bergani haqida xulosa çiqariş mumkin, biroq köldagi suv tabiiy sabablarga köra şunday rangga kirgan.

Köl öz rangini unda katta miqdorda tuz borligi hamda yomğirlar tugagaç, yuqori harorat va quyoş nuri "öz işini" qilgani sababli özgartirgan. Mutaxassislarning ma'lum qilişiça, köl tubida fotosintez vaqtida qizil rang çiqaruvçi suv ötlari ösadi. Köl joylaşgan boğda  ma'lum qilinişiça, bu antiqa manzarani faqatgina körib-zavqlaniş mumkin, biroq suvga qöl tegkaziş tavsiya qilinmaydi. Suv sathi kötarilib, havo harorati sovişi bilan köl yana odatiy rangiga kiradi. Bunda suv ötlari maxsus elementlarni işlab çiqarişni töxtatadi va barçasi asl holiga qaytadi. 

Hozirça esa avstraliyaliklar bunday noyob manzaraning guvohi böliş imkoniyatiga egalar.

Foto: Facebook.com/@ParksVictoria
Foto: Facebook.com/@ParksVictoria
Foto: Facebook.com/@ParksVictoria