ExxonMobil 10 yil davomida Meksika körfazining şimoliy qirğoqlarida neft va gazni qayta işlaş böyiça loyihalarga 20 mlrd dollar sarmoya kiritiş niyatida. Bu haqda kompaniya rahbari Darren Vuds CERAWeek 2017 anjumani vaqtida aytib ötdi.
Ta'kidlanişiça, sarmoyalar hozirda bor bölgan va rejalaştirilgan 11ta loyihaga yönaltiriladi. Vudsning aytişiça, ExxonMobil loyihalari mintaqa uçun uzoq muddatli iqtisodiy foyda olib keladi va uning yordamida 45 mingta iş örinlari yaratiladi. Kompaniyaning ma'lum qilişiça, «ExxonMobil Meksika körfazining şimoliy qirğoqlarida qayta işlaş va kimyoviy işlab çiqariş böyiça yangi loyihalarga strategik sarmoyalarni kiritadi. Bu işlab çiqariş va eksport salohiyatini kengaytiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Kompaniyaning Meksika körfazi şimoliy qirğoqlarini rivojlantiriş böyiça dasturi kimyoviy, qayta işlovçi, moylaş va gazni qayta işlaş böyiça 11ta asosiy loyihaga ega. Sarmoyalar 2013 yilda boşlangan bölib, 2022 yilga qadar davom etadi».
Amerika kimyoviy kengaşi ma'lumotiga köra, 2015 yilda kimyo sohasidagi işlab çiqarişga AQŞ eksportining 14 foizi töğri kelgan, 2030 yilga qadar esa neft va gazkimyo mahsulotlari eksport hajmi 123 mlrd dollarni taşkil etadi.
2016 yilda dunyodagi eng yirik xususiy neft kompaniyasi sanalgan ExxonMobil’ning sof daromadi 51,5 foizga tuşib ketib – 7,84 mlrd dollarni taşkil etdi.












