Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Janubiy Koreyani THAAD tizimini joylashtirmaslikka chaqirdi
Xitoy Janubiy Koreyani "xato yo‘ldan yurmaslik" va o‘z hududiga amerikaliklarning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Xitoy TIV rahbari Van I matbuot anjuman vaqtida aytib o‘tgan.
Xitoy TIV rahbari fikricha ayni vaqtda Xitoy va Janubiy Koreya munosabatlari murakkablashmoqda.
"Sir emaski, THAAD — xato yo‘l. Qo‘shnilar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerak… Biz Janubiy Koreyaga voqealar rivoji bunday ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni maslahat qilamiz… Xitoy Janubiy Koreyani THAAD tizimi joylashtirilishini to‘xtatishga chaqiradi", — degan Van I.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan Janubiy Koreya hududiga THAAD joylashtirilishi — Pekin va Seul munosabatlariga ta'sir etuvchi katta muammoga aylanadi. U bu harakat Koreya yarim oroli chegaralaridan o‘tib, Xitoy xavfsizligiga ham ta'sir qilishini ta'kidlagan.
7 mart kuni AQSh Janubiy Koreyada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga kirishdi va mazkur tizimning dastlabki qismlarini belgilangan manzilga yetkazdi.
AQSh qo‘mondonligi THAAD tizimlari faqat mudofaa maqsadini ko‘zlashi va boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligini bildirmoqda. Ular atmosfera va uning tashqarisida kichik hamda o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
23:44 / 29.05.2020
AQSh noroziliklarga qaramay Janubiy Koreyada yangi raketalar joylashtirdi
15:23 / 05.03.2019
AQSh Isroilda THAAD kompleksini joylashtirdi
13:37 / 11.10.2017
Rossiya TIV: Koreyadagi THAAD Rossiyaga qarshi
11:00 / 12.09.2017