Panamaning sobiq diktatori Manuel Norega ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin oğir ahvolda qolmoqda. Bu haqda uning qizi Tais ma'lumot bergan.

Estrella de Panama xabariga köra, sobiq diktatorning miyasidagi ösimtani olib taşlaş uçun jarrohlik amaliyoti Panama şahridagi Santo Tomas şahrida ötkazilgan. Amaliyotdan söngda unda qon ketiş holati kuzatilgan.

Norega 1990 yilda AQŞ Panamaga kirgaç, qölga olingandi. U 1992 yilda firibgarlik va poraxörlikda ayblanib, 40 yilga qamaldi. Keyinroq yaxşi xulqi uçun uning muddati avval 30 yilga, keyinroq 17 yilu 6 oyga tuşirilgandi. Şundan söng uni qamoq muddatini ötaş uçun Fransiyaga jönatişdi, keyinroq Panamaga qaytarilgandi.