«Barselona» Çempionlar ligasining 1/8 finali javob bellaşuvida «PSJ» ustidan ğalaba qozondi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida keçgan bellaşuv 6:1 hisobida yakunlandi. Kataloniya jamoasi Parijda bölib ötgan birinçi uçraşuvda 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi, biroq musobaqaning 1/4 finaliga çiqa oldi. Qarama-qarşilikda kök-anorranglilar ikki öyin natijasiga köra 6:5 hisobida zafar quçişdi.
«Barselona» futbol tarixida Yevropa çempionlar kubogi/Çempionlar ligasining pley-off bosqiçiga birinçi öyinda 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan holda çiqa olgan ilk jamoaga aylandi.












