«Barselona» yarim himoyaçisi Andres Inesta Çempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «PSJ» bilan javob öyinining (6:1) eng yaxşi futbolçisi deb topildi. U UYeFA talqiniga köra eng yaxşi öyinçi deb e'tirof etildi.

32 yoşli ispaniyalik maydonda 65 daqiqa harakatlandi, ikkinçi va uçinçi gollar kiritilişida iştirok etib, jamoaga juda katta foyda keltirdi.

Ma'lumot uçun, «Barselona» ÇL/YeÇKda 0:4 hisobidagi mağlubiyatdan keyin keyingi bosqiçga çiqa olgan birinçi jamoaga aylandi. Parijliklar bilan bahsdagi umumiy hisob – 6:5.