2017 yil 08 mart kuni tungi soat 01.20larda Farğona şahar IIB navbatçilik qismiga Farğona şahar A.Navoiy köçasida yaşovçi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, uç nafar noma'lum şaxslar temir jism bilan qurollangan holda, ğayriqonuniy ravişda uning xonadoniga bostirib kirişib, hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, tan jarohati yetkazişib, 2600 AQŞ dollari va «Jyentra» rusumli avtomaşinasini egallab, noma'lum tomonga yaşiringanligini bildirgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu xabarga asosan voqea joyiga çiqqan tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat sodir bölgan joydan 9 dona barmoq izlari, bir dona uzunligi 120 sm bölgan temir va xonadonga örnatilgan videokameradagi yozuvlar tekşiriş uçun aşyoviy dalil tariqasida olingan.
 
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, jabrlanuvçiga tegişli bölgan «Jyentra» rusumli avtomaşinani şaharning Oltin kuz köçasida noma'lum şaxslar boşqarib ketişayotganligi aniqlanib, ular Farğona viloyati IIB PPX va JTSBga bevosita böysunuvçi Farğona bataloni xamda Farğona şahar IIB xodimlari tomonidan uşlanişgan.

Şuningdek, gumonlanuvçilarning yonidan jabrlanuvçiga tegişli bölgan 900 AQŞ dollari aşyoviy dalil tariqasida olingan. 

Mazkur bosqinçilik jinoyatini 1992 yilda va 1993 yilda tuğilgan ikki nafar qiz hamda 1997 yilda tuğilgan yigit birgalikda, oldindan jinoiy til biriktirib sodir etişgani aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.