Meksikaning kurort şaharlaridan biridagi Kabo-San-Lukasdagi qimmatbaho restoranlardan biri öz mijozlariga dunyodagi eng qimmat tako taomini 25 ming dollardan taklif qilmoqda.
Tako makka yoki buğdoy unidan yopilgan non va uning içiga öraladigan turli masalliqlardan iborat taom hisoblanadi. Oddiy tako bir neça pesodan 2-3 dollargaça turadi.
Taklif qilinayotgan eng qimmat takoda oddiy takodan faqatgina zoğora non qolgan. Uning içiga solingan qiyma esa oltin yormalar, yapon marmar mol göşti – kobe, langust, beluga ikrasi, bri pişloği va qora tryufeldan tayyorlangan. Bu tako çili garmdorisi va oliy sifatdagi tekila içimligi asosida tayyorlangan qayla bilan birga tortiq qilinadi, deb ma'lum qilmoqda Capital Mexico portali.
Hozirça bunday antiqa tako tayyorlanayotgan Frida restorani boş oşpazidan uning qimmatbaho taomiga birorta buyurtma berilgani haqidagi ma'lumot berilmagan.












