Rossiyada 2016 yilda ekstremistik murojaatlar tarqatilgan va radikal taşkilotlarga odam yollagan uç mingdan ortiq internet-sayt faoliyati tösib qöyildi. Bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev ma'lum qildi.

"Butunjahon tarmoğining turli saytlarida joylaştiriluvçi ma'lumot monitoringgi ötkazilmoqda. Bu ekstremistik xarakterga ega materiallarni aniqlaş va ularga qarşi qonunda belgilangan çoralarni köriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Ötgan yili özaro harakatlar natijasida irq va diniy nifoqqa çaqirgan murojaatlar tarqatilgan, şuningdek radikal taşkilotlar safiga odam yollaş bilan şuğullangan uç mingdan ortiq internet-resursga kiriş tösib qöyildi", - dedi Kolokoltsev payşanba kuni IIVning har yilgi kengaytirilgan yiğilişida.
Uning sözlariga köra, 2016 yildi Rossiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan “terrorçilik faoliyatiga yordam beriş böyiça 200ta holat aniqlangan”.











