Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisining xabar berişiça, rafiqasi Pristsilla Çan bilan ikkinçi farzand dunyoga kelişini kutişmoqda – u yana qiz bola böladi.

"Şuni mamnuniyat bilan xabar qilamizki, yana bir qiz farzandni kutyapmiz", - deya yozdi Tsukerberg ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasida.

Uning sözlariga köra, birinçi farzandda keçgan oğir homiladorlikdan keyin juftlik yana bir farzand köriş ğoyasiga unçalik yaxşi qaraşmagan.

"Pristsilla yana homilador ekanini bilganimizda, bola soğlom ekanidan umid qildik. Men şuningdek, u qiz bola bölişiga umid qildim. Maks uçun singil juda ajoyib sovğa", - deya yozdi u.

Facebook asosçisining aytişiça, uçta opa-singillar bilan birga katta bölgan hamda ular unga juda köp narsani örgatişgan. Uning rafiqasi Pristsillada ham ikkita opa-singil bor.

"Barçamiz hayotimizdagi kuçli ayollar sabab yaxşi insonlarga aylandik – bular opa-singillar, onalar va döstlar. Çaqaloğimiz tuğilişini intizorlik bilan kutmoqdamiz va yana bir kuç ayolni katta qiliş uçun bor kuçimizni sarflaymiz", - deya qöşimça qildi u.

Ma'lumot uçun, Facebook asosçisi Mark Tsukerberg Blumberg agentligi reytingiga köra dunyoning eng badavlat önta kişisi röyxatiga kiradi. 5 mart holatiga köra uning sarmoyai 59,1 milliard dollarni taşkil etadi.