Italiya şimoli-şarqidagi Ankona şahri yaqinida avtotransportga möljallangan köprik (avtostrada) qulab tuşdi, hodisa oqibatida ikki kişi halok böldi, deb xabar bermoqda BBC News.

Halok bölgan insonlarning har ikkisi köprik ostidagi yölda harakatlanayotgan maşinada bölgan. Bundan taşqari, Ruminiyadan bölgan ikki işçi ham jarohatlandi.

Guvohlardan birining xabar berişiça, «hammasi juda tez röy bergan»: uning maşinasi qulab tuşgan köprikdan bir neça metr berida bölgan. Ayni damda köprik va u qulagan trassa böylab harakat töxtatilgan.