Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida «Buxoro—Miskin» temiryöl qurilişining borişi bilan tanişdi.
ÖzA xabarida aytilişiça, uşbu temiryöl uzunligi 350 kilometrdan ziyod böladi. Loyihaning umumiy qiymati 283 million dollarni taşkil etadi.
«Buxoro—Miskin» yönalişi böyiça quriladigan temiryölda 8 temiryöl stansiyasi va razezdlar barpo etiş belgilangan.
Prezident Buxoroda yangi «Afrosiyob» poyezdi imkoniyatlari bilan ham tanişgan.
«Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida yangi «Afrosiyob» elektropoyezdining imkoniyatlari, yölovçilar uçun yaratilgan qulayliklar bilan tanişdi.
Yangi zamonaviy elektropoyezd oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, şu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 yölovçi siğimiga ega bölib, ikkita VIP, ikkita «biznes» va ikkita «ekonom» toifali vagonlardan iborat. Yangi poyezd 287 yölovçi siğimiga ega. Unda «ekonom» toifali vagonlar soni ikkita köp.
«Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinçisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yölga qöyiş barobarida qöşimça iş örinlari yaratilib, 15 maşinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvçisini iş bilan ta'minlaş közda tutilgan», — deyilgan ÖzA xabarida.












