Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida Buxoro temir yöl vokzalida bölib yölovçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati xabar bergan.

2016 yil avgustida, Mustaqillik bayrami arafasida Toşkent – Buxoro yönalişida yuqori tezlikda harakatlanuvçi Afrosiyob elektr poyezdining ilk qatnovi amalga oşirilgandi.

Prezident mazkur yangi Afrosiyob elektropoyezdi imkoniyatlari, yölovçilar uçun yaratilgan qulayliklari bilan yaqindan tanişgan. 

«2011 yildan boşlab hozirgaça yurtimizda 2 yuqori tezlikda harakatlanuvçi Afrosiyob elektropoyezdi yölovçilarga xizmat qilib kelmoqda. Yangi zamonaviy elektropoyezdi oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, şu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 yölovçi siğimiga ega bölib, 2 ta VIP, 2 ta biznes va törtta ekonom toifali vagonlardan iborat. Yangi poyezd esa 287 yölovçi siğimiga ega. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2taga köp. Bu bir vaqtning özida qöşimça 72 yölovçini öz manziliga etkaziş imkoni demakdir.

Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinçisi ham yurtimizga olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yölga qöyiş barobarida qöşimça iş örinlari yaratilib, 15 maşinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvçilarini iş bilan ta'minlaş nazarda tutilgan. Şuningdek, «Öztemiryölmaşta'mir» şöba korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarga xizmat körsatiş sexi qurilmoqda. Bu ham yangi iş örinlarini köpaytiriş imkonini beradi», deyilgan xabarda.