Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanişiş va xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 10 mart kuni Buxoro viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Davlat rahbari özining saylovoldi dasturida respublikaning barça hududlari qatori Buxoro viloyatini ham rivojlantiriş böyiça ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezident Buxoro viloyatiga taşrifi davomida ana şu rejalar ijrosi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, istiqbolli loyihalar bilan tanişiş va xalq bilan bevosita muloqot qiliş közda tutilgan. 

Buxoro asrlar davomida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qöşib kelgan, haqli ravişda şariflik maqomiga sazovor bölgan muqaddas şaharlardan hisoblanadi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatning birinçi prezidenti rahnamoligida Buxoroda betimsol bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. "Buxoro madaniy markazi", uning tarkibidagi "Boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvçi sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan. 

Sönggi yillarda bu boradagi işlar viloyatda yanada keng kölamda amalga oşirilmoqda. 2016 yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror ösiş sur'atlari ta'minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizga oşdi. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 7,3, quriliş-pudrat işlari 9,2, xizmat körsatiş 15,2, qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş 7 foiz ösdi. Viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning uluşi 67,9 foizni taşkil etdi. Mahalliylaştiriş dasturi asosida 10 loyiha amalga oşirilib, 107,8 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarildi. 

Viloyatda Qandim gazni qayta işlaş majmuasi qurilişi boşlandi. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta işlaş quvvatiga ega zavod, 114 qaziş quduği, 11 maxsus maydon va 4 yiğuv punktini öz içiga olgan tabiiy gazni töplaş tizimi kiradi. Bundan taşqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yöli quriş rejalaştirilgan bu loyiha Özbekiston gaz konlarini özlaştirişni yangi bosqiçga kötaradi. Markaziy Osiyodagi yirik işlab çiqariş majmualaridan biri bölgan uşbu zavodda 2 mingdan ziyod doimiy iş örni yaratiladi. 

2016 yil eng uluğ, eng aziz bayramimiz arafasida Toşkent – Buxoro yönalişida yuqori tezlikda harakatlanuvçi Afrosiyob elektr poyezdining ilk qatnovi amalga oşirildi. Bundan viloyat ahlining köngli kötarilib, ertangi kunga işonçi yanada mustahkamlandi.