Prezident Buxoro viloyatiga taşrifi davomida aholi farovonligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan bir qança loyihalar bilan tanişmoqda.
ÖzA xabariga köra, davlat rahbari Buxoro şahridagi «Buxoro brilliant silk» Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasida böldi.
2010 yilda taşkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxonada pilla qayta işlanib, turli ölçam, köriniş va rangdagi matolar tayyorlanmoqda. Bunda buyurtmaçi taklifi va bozor talabi asosida iş tutilmoqda.
Hozir bu yerda «Bahor», «Yomğir», «Yulduzlar» kabi önlab körinişdagi matolar işlab çiqarilmoqda. Matoga bosilgan gullarning öziga xosligi şundaki, ularning rangi öçmaydi, suv va quyoş nuriga çidamli.
Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Mahsulot buyurtma asosida Farğona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahridagi xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Tayyor mahsulotni eksport qiliş böyiça xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ayni paytda «Buxoro brilliant silk» qöşma korxonasining ipak tolalari xorijda xaridorgir hisoblanadi. Ötgan yili korxonaning Eron, Vetnam, Turkiya, Hindistonga qilgan eksport hajmi qariyb 2,5 million dollarga teng böldi.
Prezident korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanişdi.
«Bunday korxonalarni köpaytirişimiz kerak», degan prezident.
U bu korxonalar uçun malakali kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş lozimligini qayd etgan.













