Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida aholi farovonligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan bir qança loyihalar bilan tanişmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Şavkat Mirziyoyev Buxoroda “Özbekengilsanoat” aksiyadorik jamiyati tomonidan sobiq “Buxoroteks” AJ negizida taşkil etiladigan “Indorama Indast LTD” Özbekiston – Singapur qöşma korxonasi loyihasi bilan tanişdi. Buxoro viloyatida yetiştirilgan paxta tolasini qayta işlaşga ixtisoslaştirilgan korxona işga tuşgaç 400 ga yaqin iş örni yaratiladi. Korxonaga “Riter” kompaniyasining (Şveytsariya) zamonaviy va energiyatejamkor texnologiyalarini örnatiş közda tutilgan. 

Bugun mamlakatimizning barça şahar va tumanlarida paxtani qayta işlaydigan zamonaviy korxonalar taşkil etilmoqda. Bu hududda yetiştirilgan paxta tolasini şu yerning özida qayta işlaş, tayyor mahsulot işlab çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş imkoniyatini kengaytirmoqda. 

Prezidentimiz “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017-2018 yillarda Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta işlaş dasturi loyihasi bilan ham tanişdi. 

Bugun Buxoroda yetiştirilayotgan paxta tolasining 20,6 foizi viloyat hududida sanoat usulida qayta işlanmoqda. Işlab çiqilayotgan yangi loyiha böyiça viloyatning 7 şahar va tumanida 13 yirik sanoat loyihasini foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Bu viloyatda yetiştirilgan paxta tolasining 65 foizini qayta işlaş imkoniyatini yaratadi. Natijada 5 mingga yaqin iş örni yaratiladi. 

Dasturni bajariş uçun mamlakatimiz tijorat banklari mablağlari va çet el investitsiyasini jalb qiliş rejalaştirilgan. 

Yerdan unumli foydalaniş natijasida tutzorlar barpo etiş böyiça yangi loyiha taqdimoti ham bölib ötdi. Yurtimizda yetiştirilgan ipak tolasiga dunyo bozorida talab yuqori. Davlatimiz rahbari mazkur sohani yanada rivojlantiriş, tut plantatsiyalarini köpaytiriş böyiça tegişli körsatmalar berdi. Hududdagi kasb-hunar kollejlarida qişloq xöjaligining biz yangi özlaştirayotgan sohalari böyiça mutaxassislar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş kerak. 

Buxoro şahrida işga tuşirilayotgan “Buxoro kotton tekstil” korxonasi loyihasi bilan tanişar ekan, Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yetiştirilgan paxtani tola körinişida sotiş eng kam daromad keltirişini, paxta tolasini qayta işlab, eksportbop tayyor mahsulot işlab çiqarişni yanada kengaytirişimiz zarurligini ta'kidladi.