Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev «Ozodlik» radiosi tomonidan tarqatilgan xabarlarga raddiya berdi. Uning sözlariga köra, xorijda faoliyat yurituvçi mazkur radio Toşkent şahar IIBB tomonidan tadbirkorlarning erkin işlaşiga yöl qöyilmayotgani, şaharda 2010 yildan beri turli tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilarga nisbatan «qora niqob»lilar tadbirlari ötkazib kelinayotganini iddao etgan.
Xususan, radioning ta'kidlaşiça, yaqinda «Jizzax Siti» kafesiga içki işlar bölimining «qora niqobli» maxsus guruhi keçki vaqtda bostirib kirib, kafening faoliyatini töxtatgan. Şu bilan, garçi hukumat tadbirkorlik bilan şuğullanişni keng tarğib qilayotganiga qaramay, göyoki şahar IIBB xodimlari aksinça yöl tutgan.
Doniyor Toşxöjayevning alohida uqdirişiça, şahar va umuman respublika miqyosidagi içki işlar idoralari ham hukumat tomonidan olib borilayotgan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosatga qarşi çiqmaydi, aksinça, tadbirkorlar orasida qonunga böysunmaganlarini aniqlab ularga nisbatan zaruriy çoralar köradi. Şu bilan birga, radio saytida ta'kidlangan içki işlar bölimlariga hukumat tomonidan byudjyetni töldiriş böyiça jarima rejalari borligi xususidagi xabarlar ham inkor etildi.
Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosarining sözlariga köra, «Jizzax Siti» kafesi qöşmaçi va fohişalar, turli yoşdagi kişilar töplanib, mast-alast bölib atrofdagi aholi tinçini buzadigan maskanga aylanib qolgani, kafening Toşkent şahar hokimining tungi soat 11:00gaça faoliyat yuritiş töğrisidagi buyruğini bajarmayotgani xususida köp bora murojaatlar kelib tuşgan. Bundan taşqari, kafeda giyohvandlik moddalarini tarqatiş uçun şaroitlar mavjud bölgan.
Şu sababli, 2017 yil 3 mart kuni soat 23:30lar atrofida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilib, kafeda 27 nafar fohişa, Toşkent şahrida pasport-viza tizimini buzgan şaxslar borligi aniqlanib uşlangan. Kafeda 30dan ortiq muqaddam sudlangan şaxslar borligi ma'lum böldi. Mazkur kafe rahbariga nisbatan ma'muriy javobgarlik çorasi qöllanilgan.
«Har bir kafe yoki boşqa şu kabi tadbirkorlik sub'yektlarining jamoat tartibini saqlaşga doir qonunga böysunişi talab etiladi. Qaysi OAVda yozilişidan qat'i nazar, “Ozodlik” yoki boşqa naşrlar bölsin, şu narsani ayta olamanki, içki işlar idoralariga yana şunga öxşaş ma'lumotlar kelib tuşsa, IIBB tomoşabin bölib turmaydi, balki öz vakolati doirasida çoralar köradi. Aholi tinçligini saqlaş, jinoyatçilikning oldini oliş uçun harakatlarni davom ettiramiz», - dedi Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev.













