Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakçilari Yevrokengaş raisi Donald Tuskning bu lavozimdagi vakolatini uzaytirdilar. Bu haqda Lyuksemburg boş vaziri Ksave Bettel tvitterda ma'lum qildi. 

"Bizda Yevrokengaş raisi bor, Yevrokengaş raisi Donaldga omad", deb yozgan Bettel tvitterda. Tuskni şuningdek Belgiya boş vaziri Şarl Mişel va Yevroparlament raisi Antonio Tayani ham tabriklagan.

Tusk ham uning nomzodini qöllab-quvvatlaganlarga minnatdorçilik bildirgan. 

Biroq Polşadagi yetakçi "Huquq va adolat" partiyasi rasmiy vakili Beata Mazurek Tuskning qayta saylanişi Yevropaga heç qanday yaxşilik olib kelmasligini aytgan.

Tusk bu lavozimda 2017 yil iyunidan 2019 yil noyabrigaça faoliyat yuritadi. Tuskning qayta saylanişiga Polşa qarşi çiqqandi. Polşa hukumatining fikriça, Tusk öz lavozimidan Polşaning içki işlariga aralaşişda foydalanadi. 

Tusk Yevrokengaşga 2014 yil dekabrdan raislik qila boşlagan.