Afg‘oniston janubi-sharqida kamida sakkiz nafar politsiyachi huquq-tartibot idorasining boshqa ikki xodimi hujumi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat bu ma'lumotlarni tasdiqladi hamda hodisa juma kuni kechqurun Zabul viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida yuz berganini xabar berdi. Viloyat gubernatori vakili Gul Islom Sayalning xabar qilishicha, hujum qilganlar o‘zlari bilan bir necha qurol-yarog‘larni olib ketishgan.
Agentlikning ta'kidlashicha, bunday hujumlar turli guruhlar jangarilari bilan aloqador bo‘lgan huquq-tartibot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.











