BBC yangiliklar soni jonli efirdagi kutilmagan voqea sabab maşhur bölib ketdi.
Professor Robert Kellining orqasida bola köringan vaqtda u videoaloqa orqali Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyatga izoh berayotgandi. Boşlovçi kutilmagan "mehmon" haqida professorga aytganida u ortiga qaramagan holda qizçani kadrdan çetlatişga urindi.
Şundan söng xonaga bolalar aravaçasida yana bir bola, uning ketidan esa ayol kişi yugurib kirdi. Ular bir neça soniya bir-birlarining ketidan quvib, xonani tark etişdi. Boşlovçi va şarhlovçi tabassumlarini tiyib tura olişmadi.
BBC jurnalisti Juliya Makfarlan mazkur videoni Twitter'ga joyladi. Uning hamkasbi Elli Prays bu video şu kuni televizorda körgan eng yaxşi videosi ekanini ta'kidladi.












