Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiyada 10 mart kuni taşrif bilan böldi. Moskvadan u pullar, tuşuniş va kelajakni olib keldi.

Pullar

Taşrif atigi bir kun davom etgan bölsada, muzokaralardagi kun tartibi juda ham keng böldi. Diplomatlar, iqtisodçilar va harbiylarning tinimsiz mehnati tufayli barça masalalar böyiça özaro tuşunişga erişildi. Bu Erdöğanni töla qanoatlantiradi, u Moskvaga maksimal darajadagi ğalabalarni qölga kiritiş uçun kelgandi. "Turkiyada yaqinda prezident vakolatlarini kengaytiriş böyiça konstitutsiyaviy referendum ötkaziladi, hamda Turkiya rahbariga kiçik va katta muvaffaqiyatlar kerak. U buning evaziga köplab ovozlarni qölga kiritişni möljallagan", - deya aniqlik kiritdi Diplomatik akademiya dotsenti, Şarqşunoslik tadqiqotlari markazi direktori Vladimir Avatkov RIA Novostiga.

Aftidan, iqtisodiy masalalar juda oson yeçim topdi. Erdöğan Moskvaga barça sanksiyalarni bekor qiliş maqsadida keldi. Ular Anqaraga Moskva tomonidan 2015 yilning oxirida Su-24'ga hujumdan keyin kiritilgandi. "Rossiyada bölgan firma va kompaniyalar barça sanksiya va çeklovlar ozod etilişi kerak", - dedi Turkiya prezidenti. "Ikki mamlakat prezidentlarining siyosiy xohişiga qaramay, çeklovlarni olib taşlaş jarayoni çözilmoqda. Biz jarayonlar yakuniga yetişni kutdik, biroq hozirda masala yakuniy ravişda hal etişidan umidvormiz", - deya aytib ötgan iqtisodiyot vaziri Nihat Zaybekçi. Vladimir Avatkovning sözlariga köra, taşrifdan avval aynan sanksiyalar masalasi Turkiya OAVda keng kötarilgandi.

Erdöğanga rad etiş oson bölmadi – şundoq ham Kreml qişloq xöjalik sanksiyalarini olib taşlaşni juda paysalga soldi. Natijada Putin Turkiya yetakçisining pozitsiyasi bilan qöşildi. Rossiya prezidenti sözlariga köra, Moskva va Anqara Su-24 bilan boğliq vaziyatdan söng kelib çiqqan barça tuşunmovçilikni ortda qoldirişgan. Yaqin orada Turkiya meva-sabzavot mahsuloti importiga barça çeklovlar, şuningdek Turkiya quriliş kompaniyalari xodimlariga viza oliş uçun qöyilgan taqiqlov olib taşlanadi. Xursand bölgan Erdöğan esa yana özaro mahsulot ayirboşlaş hajmi 100 milliard dollarga qadar oşişi haqida gapirdi. Rossiya prezidenti esa hamkorlikning yangi istiqbollari haqida töxtalib ötdi, xolos.

Suriya masalasi

Taşqi siyosiy masalalar bilan vaziyat ança qiyinroq. Aftidan, Erdöğan va Putin barça – Toğli Qoraboğdan tortib, Yevropa muammolariga qadar bölgan diplomatik masalalarni muhokama qilişdi, biroq Suriya va Eron boş mavzu bölgan.

Suriya masalasida Moskva va Anqara özaro tuşuniş böyiça yuqori darajaga erişişdi. Biroq har ikki tomonda bu mamlakatning kelajagi bilan boğliq qarama-qarşiliklar ham bor.