Fransiya prezidenti Fransua Olland Özbekiston va Fransiya örtasidagi diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil tölgani munosabati bilan Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi.
«Aloqalar örnatilganining birinçi kunlaridanoq hamkorlikning barça sohalarida – ham siyosiy, ham iqtisodiy va madaniy jabhalarda mustahkamlanganligini qayd etiş bugun meni quvontiradi», deyiladi maktubda.
Fransua Olland ötgan davr mobaynida Fransiya va Özbekiston döstona munosabatlar örnatişga erişganligini ta'kidladi.
U «işonç va özaro hurmatga asoslangan mamlakatlarimiz örtasida örnatilgan şerikçilikning yuqori darajasi keyingi ön yilliklar davomida doimo rivojlanişi»ga umid bildirdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransua Olland nomiga yöllagan maktubida esa şunday sözlar qayd etilgan: «Fransiya Respublikasining 1992 yil yanvar oyida Özbekiston mustaqilligini birinçilardan tan olgani, şuningdek, uning mustaqil rivojlanişi va suverenitetini qat'iy qöllab-quvvatlaganini biz alohida qadrlaymiz».
Davlat rahbari «Fransiya bilan ikki va köp tomonlama kun tartibining barça masalalari böyiça, avvalo siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalarda samarali va özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş, şuningdek, savdo, investitsiya va yuqori texnologiyalar, turizm, korxonalarimizda ilğor korporativ boşqaruv metodlarini kiritiş jabhalarida aniq dasturlar va loyihalarni ilgari surişga Özbekiston sodiq» ekanligini tasdiqladi.
Özbekiston prezidenti «Özbekiston-Fransiya munosabatlarini çuqurlaştiriş va uning özaro hurmat, tenglik va işonç tamoyillariga asoslangan poydevorini mustahkamlaşga qaratilgan qöşma faoliyatni bundan keyin ham davom ettiriş»ga işonç bildirdi.

















